Делегация Минюста Беларуси ознакомилась с деятельностью Центров государственных услуг Узбекистана

Belarus adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nataliya Filippova boshchiligidagi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Adliya vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, tashrif doirasida Belarus delegatsiyasi Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Uchrashuv davomida har ikkala tomon davlat xizmatlari sohasida erishilgan yutuqlari bilan fikr almashishdi. Jumladan, elektron hujjat almashtiruving yo‘lga qo‘yilishi natijasida qog‘oz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDYO organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompozit va proyektiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o‘tildi.
Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Samarali muloqot so‘ngida ushbu sohada amalga oshirilgan ishlar MDX davlatlari orasida ham qiziqish uyg‘otgani taʼkidlandi.
Belarus delegatsiyasi davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kelishib oldi.