Нормы экологического права закреплены в Конституции

Bugun hayotimizda chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y beryapti. Tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirmoqda. Mamlakatimizda mutlaqo yangi davr boshlandi. Bu majoziy o‘xshatish emas, ayni haqiqatdir.
Eʼtirof etish joizki. yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz taraqqiy etgan davlat — Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinishi, turfa va keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganini anglatadi.
Konstitutsiyamizning yangi tahririda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilanmoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki. mamlakatimizda ekologiya. atrof-muhitni muchofaza qilishga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi Ushbu sohani boshqarish va tartibga soluvchi qonunchilik bazasi takomillashtirildi. Butunlay, yangicha ekologik tafakkur, ekologik dunyoqarash shakllanib, aholining bu boradagi madaniyati yuksalmoqda. Zero, bu hayotiy zaruratdir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlashga bag‘ishlangan maxsus normalar xususan har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega ekanligi, davlat tomonidan atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, Orolbuyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash yuzasidan choralar ko‘rilishi belgilanmoqda.
Ushbu konstitutsiyaviy norma Yangi O‘zbekistan taraqqiyot strategiyasida belgilangan 2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish, 2030 yilga borib esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvati 15 ming Mvt.ga tengbo‘lishi evaziga iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish kabi maqsadlarga erishish uchun poydevor bo‘ladi.
Bu normalar tabiiy zaxiralar qisqarayotgan, global iqlim o‘zgarishi ekologiya va tabiat bilan bog‘lik muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga zararli taʼsir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qo‘yilmoqda.
Atrof-muhit inson salomatligi va hayotiga taʼsir qiluvchi muhim omildir. BMT maʼlumotlariga ko‘ra, inson salomatligining 20-40 foizi atrof-muhit holatiga bog‘liq. Qulay atrof-muhit esa global muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda yana-da dolzarb axamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ko‘pgina rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo keng muhokama etilmoqda hamda ekologiya muxofazasiga oid yangi normalar konstitutsiyalarga kiritilmoqda.
Bunda ekologiyaga yetkazilayotgan zararlarni kamaytirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ayrim shahar va qishloqlarimizda olib borilayotgan qurilishlarning ekologiyaga zarari belgilangan meʼyorlardan ortiq bo‘lmoqda. Chunki sunggi yillarda mamlakatimiz ulkan qurilish maydoniga aylandi, Ushbu sharoitda fuqarolarningekologik huquqlarini taʼminlash, qurilishlarning gabiatga zararli taʼsiriga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish choralari ko‘riladi.
Mazkur norma jamoatchilik nazoratini kengaytirish orqali yurtdoshlarimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, aholining salomatligini ishonchli muxofaza etish uchun qulay atrof-muhitni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini kuchaytiradi.
Boz ustiga, davlat Orolbo‘yi mintaqasi- ning ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.
Darhaqiqat, Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan global ekologik muammo mintaqadagi 50 million nafarga yaqin aholining hayot tarziga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda Orol muammosi oqibatlarini bartaraf qilishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, Orol dengizining qurigan 2,5 million gektardan ortiq maydonida o‘rmonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Orolbo‘yidagi murakkab ekologi- vaziyat, aholi genofondini muhofaza qilish, salomatligini yaxshilash, hududda barqaror rivojlanishni taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilyapti.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu normaning belgilanishi mintaqa aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishi va turmush darajasinnng jiddiy tarzda yaxshilanishini taʼminlaydi. Barcha kasb egalari, birinchi navbatda ijtimoiy soha vakillari uchun qo‘shimcha imtiyozlar paketi qo‘llaniladi hamda tadbirkorlik tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan turli loyihalarda faol qatnashish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mazkur norma aholi va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirishni taʼminlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi.
Boriy Alixonov,
Senatning Orolbo‘yi mintaqasini
rivojlantirish masalalari va
ekologiya qo‘mitasi raisi