-
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya sut sanoatining flagmani - "Rogachyovsk sut-konserva kombinati" OAJda bo‘ldi.
2026-08-22 485Rogachyov KMKga tashrif Gomel va Navoiy viloyatlari o‘rtasidagi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasini amalga oshirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va vositachilik zanjirlarini bartaraf etishga qaratilgan.
-
Navoiy viloyati delegatsiyasi uchun Gomel viloyatida amaliy seminar tashkil etildi.
2026-08-22 452Seminarda Belarusda fermer xo‘jaliklarini ochish va chorvachilik komplekslarini zamonaviy boshqarish tartiblari batafsil tushuntirib berildi.
-
Navoiy davlat universiteti va Gomel davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
2026-08-22 440Navoiy davlat universiteti va Belarus Respublikasi Gomel davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi hamda 2026-2029-yillarga mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
-
Gomel viloyatiga amaliy tashrif doirasida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov "Shedrinskoye" korxonasining zamonaviy sut-tovar fermalari (MTF) va chorvachilik majmuasining ish jarayoni bilan bevosita tanishildi.
2026-08-22 413Korxona tarkibiga bir nechta yirik majmualar kiradi, ulardan eng asosiysi 2020-yilda Shedrin agroshaharchasi hududida foydalanishga topshirilgan 600 bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali sutchilik fermasi va qoramolchilik majmuasidir.
-
NAVOIY VA GOMEL TIBBIYOT TIZIMLARI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA:
2026-08-21 450Bugun Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Belarus Respublikasi Gomel viloyati sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlar imzolandi.
-
-
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Minsk viloyat ijroiya qo‘mitasi Raisi Aleksey Kushnarenko bilan uchrashdi.
2026-08-20 477Tomonlar ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, agrar va sanoat sektori, savdodagi o‘sish nuqtalarini muhokama qildilar.
-
O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus Respublikasi Standartlashtirish davlat qo‘mitasi raisi Yelena Gorbunova bilan uchrashdi.
2026-08-19 450Tomonlar savdodagi texnik to‘siqlarni kamaytirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha strategik qadamlarni muhokama qildilar. Ishchi uchrashuvning asosiy mavzusi ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlarni to‘siqsiz yetkazib berish uchun texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘ldi.
-
O‘zbekiston va Belarus IT-hamkorlikni kengaytirmoqda: raqamli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari:
2026-08-19 472O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus innovatsion IT-ekotizimi rahbariyati bilan uchrashdi.
-
O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Milliy bank Boshqaruvi raisi Roman Golovchenko bilan uchrashdi.
2026-08-19 469Moliya-bank hamkorligini transformatsiya qilish, milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi.