-
O‘zbekiston va Belarus tovar birjalari hamkorlik istiqbollarini kengaytirmoqda
2026-08-24 203Minskda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB) rahbariyatining Belarus universal tovar birjasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
-
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi delegatsiya sut sanoatining flagmani - "Rogachyovsk sut-konserva kombinati" OAJda bo‘ldi.
2026-08-22 241Rogachyov KMKga tashrif Gomel va Navoiy viloyatlari o‘rtasidagi 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasini amalga oshirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va vositachilik zanjirlarini bartaraf etishga qaratilgan.
-
Navoiy viloyati delegatsiyasi uchun Gomel viloyatida amaliy seminar tashkil etildi.
2026-08-22 208Seminarda Belarusda fermer xo‘jaliklarini ochish va chorvachilik komplekslarini zamonaviy boshqarish tartiblari batafsil tushuntirib berildi.
-
Navoiy davlat universiteti va Gomel davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
2026-08-22 213Navoiy davlat universiteti va Belarus Respublikasi Gomel davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi hamda 2026-2029-yillarga mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolandi.
-
Gomel viloyatiga amaliy tashrif doirasida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov "Shedrinskoye" korxonasining zamonaviy sut-tovar fermalari (MTF) va chorvachilik majmuasining ish jarayoni bilan bevosita tanishildi.
2026-08-22 186Korxona tarkibiga bir nechta yirik majmualar kiradi, ulardan eng asosiysi 2020-yilda Shedrin agroshaharchasi hududida foydalanishga topshirilgan 600 bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali sutchilik fermasi va qoramolchilik majmuasidir.
-
NAVOIY VA GOMEL TIBBIYOT TIZIMLARI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA:
2026-08-21 211Bugun Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Belarus Respublikasi Gomel viloyati sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlar imzolandi.
-
-
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Minsk viloyat ijroiya qo‘mitasi Raisi Aleksey Kushnarenko bilan uchrashdi.
2026-08-20 208Tomonlar ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, agrar va sanoat sektori, savdodagi o‘sish nuqtalarini muhokama qildilar.
-
O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus Respublikasi Standartlashtirish davlat qo‘mitasi raisi Yelena Gorbunova bilan uchrashdi.
2026-08-19 188Tomonlar savdodagi texnik to‘siqlarni kamaytirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha strategik qadamlarni muhokama qildilar. Ishchi uchrashuvning asosiy mavzusi ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlarni to‘siqsiz yetkazib berish uchun texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash masalalari bo‘ldi.
-
O‘zbekiston va Belarus IT-hamkorlikni kengaytirmoqda: raqamli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari:
2026-08-19 215O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus innovatsion IT-ekotizimi rahbariyati bilan uchrashdi.