-
Ўзбекистон Беларусда йирик чорвачилик мажмуасини барпо этади
2026-10-16 196Андижон вилояти ҳокимлиги ҳамда тадбиркорлари ташаббуси билан Беларуснинг Витебск вилояти Городок туманида 4 минг бош қорамолга мўлжалланган
-
Mehr tafti ila yo‘g‘rilgan ayyom: Belarusda Onalar kuni muborak!
2026-10-14 204Muhtaram onajonlar va aziz opa-singillar!
Bugun Belarus zaminida oltin kuzning eng fayzli va yuraklarga iliqlik ulashuvchi bayrami - Onalar kuni nishonlanmoqda. Sizlarni ushbu qutlug‘ va sharafli ayyom bilan chin qalbdan qutlaymiz.
Belarusda bu kun bejiz kuzning ayni shu pallasiga tanlanmagan. Chunki tashqarida kuz havosi bo‘lsa-da, onalarimizning tabassumi va mehri har qanday qalbni bahordek isitishga qodir. Ona borki - hayot go‘zal, oilalar mustahkam, xonadonlar nurafshondir.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
-
O‘zbekiston va Belarus favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
2026-10-14 212Ikki tomonlama muzokaralar davomida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Vadim Sinyavskiy bilan xavfsizlikni ta’minlash, tizim uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvda qutqaruv tizimlarini zamonaviylashtirish va inqirozli vaziyatlarda tezkor harakat qilish salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunida tomonlar har ikki davlat aholisining osoyishtaligi va xavfsizligini kafolatlash yo‘lida kelgusida ham birgalikda tizimli hamda faol ish olib borish muhimligini qat’iy ta’kidladilar.
-
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv (https://president.uz/oz/lists/view/9718) oʻtkazdi.
2026-10-14 278Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
-
O‘zbekiston va Belarus qonunchilik monitoringi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
2026-10-14 212Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Belarus Milliy qonunchilik va huquqiy axborot markazi o‘rtasida hamkorlik hujjati imzolandi. Tomonlar qonunchilik monitoringi va huquqiy axborot tizimlarini birgalikda rivojlantirishni maqsad qilgan.
-
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
2026-10-13 189O‘zbekiston Kasaba uyushmalari faoliyati va Belarus bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari Minskda taqdim etildi
-
Mirziyoyev OHICHK sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga boradi
2026-10-13 229Mirziyoyev OHICHK sammitida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga boradi
-
P.M. Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetida Andijon viloyatining to‘rtta yetakchi oliy ta’lim muassasasi vakillari uchun stajirovka dasturi boshlandi
2026-10-13 216Ushbu loyiha Andijon va Vitebsk viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlari doirasida tashkil etildi. Unda O‘zbekistondan 40 nafarga yaqin o‘qituvchi va talabalar ishtirok etmoqda. Dastur doirasida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari, talabalar uchun mahorat darslari, qo‘shma loyihalar va madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Mazkur tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
Vitebskda konsullik qabuli
2026-10-13 130O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari Vitebsk viloyatiga xizmat safari davomida ushbu hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning mehnat va yashash sharoitlari o‘rganildi. Ish beruvchilar va mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi, fuqarolarga konsullik ro‘yxatidan o‘tish tartiblari tushuntirildi hamda favqulodda vaziyatlarda Elchixona bilan bog‘lanish uchun tezkor aloqa raqamlari taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida hamyurtlarimizga xorijda qonuniy bo‘lib turish qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.