-
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. (https://president.uz/oz/lists/view/9697)
2026-10-08 208O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (https://president.uz/oz/lists/view/9697) Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
-
Туркий дунё - Евроосиёдаги жозибадор йўналишлардан бири
2026-10-08 184Сўнгги йилларда Ўзбекистон Республикасида туризм стратегик ривожланиш соҳаларидан бирига айланди.
-
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
2026-10-07 208Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov bilan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
-
“O‘zbekiston-Belarus” do‘stlik jamiyati faollari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
2026-10-07 249“O‘zbekiston-Belarus” do‘stlik jamiyati faollari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Tadbirda “Temur tuzuklari” asarining belarus tilidagi tarjimasi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu nodir asarning ilk bor belarus tilida nashr etilishi ikki xalq o‘rtasidagi adabiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, xorijlik kitobxonlarga sharq davlatchilik madaniyatini anglash imkonini beradi.
Yakunda faollar xalq diplomatiyasi vositasida qo‘shma loyihalar va madaniy hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. -
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida (https://t.me/bakhtiyor_saidov/4416?single) ishtirok etdi.
2026-10-07 178O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida (https://t.me/bakhtiyor_saidov/4416?single) ishtirok etdi.
-
Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Turkmanistonga yetib keldi
2026-10-07 168O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etish uchun Turkmanboshiga yetib keldi.
-
«Марказий Осиё туризм ҳалқаси»нинг ташкил этилиши минтақавий ҳамкорлик учун янги имкониятлар очади.
2026-10-07 192Марказий Осиё минтақавий туризм маконини шакллантириш учун ўзига хос афзалликларга эга.
-
Belarus o‘qituvchilari va murabbiylarini O‘qituvchilar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
2026-10-04 269Pedagog va murabbiyning sharafli va olijanob mehnati hamisha alohida hurmatga sazovor bo‘lgan. Yosh avlodni tarbiyalash, ularga bilim berish, ezgulik va adolatni o‘rgatish, ularning hayot yo‘lini boshlashlariga ko‘maklashishdek muhim vazifa sizga topshirilgan!
Sizga mustahkam sog‘lik, baxt, ilhom, o‘quvchilar mehri va minnatdorchiligini tilaymiz!
Hurmat bilan
O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi
Belarus Respublikasida
-
Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.
2026-10-03 260Oʻzbekiston—Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili Daniyaga Oʻzbekistonning qarorgohi Stokgolm shahrida boʻlgan ilk elchisi tayinlandi. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakilini tayinladi.
Soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshdi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekistonda togʻ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti hamda boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, Daniya investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yoʻnalishlarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi.
Taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
-
Minskda “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ish boshladi
2026-10-01 265Belarus poytaxti Minsk shahrida “INNOPROM. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi hamda yalpi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaning umumiy maydoni qariyb 20 000 kvadrat metrni tashkil etib, unda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlarining eng zamonaviy sanoat texnologiyalari va innovatsion ishlanmalari namoyish etilmoqda.Xalqaro iqtisodiy platformada mezbon Belarus Respublikasidan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Kambodja kabi davlatlarning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari faol ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro manfaatli yangi hamkorlik kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ham ishtirok etdi.