-
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-09-30 258Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi (https://president.uz/oz/lists/view/9678) hamda ta’lim sohasiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbirda tantanali ravishda davlat mukofotlari topshirildi.
-
Xiva deklaratsiyasi - O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning strategik yo‘nalishi va huquqiy poydevoridir
2026-09-30 221Xiva deklaratsiyasi - O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning strategik yo‘nalishi va huquqiy poydevoridir.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati
2026-09-30 297Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati (https://dunyo.info/uz)
-
“Innoprom. Belarus”: Xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar kengaytirilmoqda
2026-09-30 303“Innoprom. Belarus” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida xorijiy hamkorlar bilan sanoat, texnologiya va investitsiya sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.
-
Xivada O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo forumi boshlandi
2026-09-29 189Bugun 29-sentyabr kuni Xiva shahrida “Strategik sheriklik: parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, yangi vazifalar va hamkorlik istiqbollari” mavzusida To‘rtinchi O‘zbekiston-Belarus parlamentlararo forumi boshlandi.
29-30-sentyabr kunlari bulib o‘tadigan tadbir doirasida parlamentlararo komissiya majlisi, mahalliy vakillik organlari va yoshlar parlamentlari uchrashuvlari hamda O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes-forumi tashkil etiladi.Forumning asosiy yo‘nalishlari va muhokama mavzulari:
-Parlamentlararo hamkorlik: Ikki davlat parlamentlari palatalari rahbarlari, hukumat va vazirliklar vakillari ishtirokidagi yalpi majlisda bandlik, kambag‘allikni qisqartirish, oliy ta’lim, fan, innovatsiyalar, ijtimoiy himoya, ona va bola salomatligi hamda tadbirkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
-Biznes-forum (ayollar tadbirkorligi): To‘rtta sho‘ba yig‘ilishida sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, mehnat salohiyati, agrosanoat va oziq-ovqat xavfsizligi, biotexnologiyalar, gumanitar soha va turizmdagi qo‘shma loyihalar muhokama qilinmoqda.
-Ko‘rgazma: Ikki mamlakatning “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilgan. -
Milliy mahsulot va brendlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi
2026-09-29 178O‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun milliy mahsulot va brendlarni xorijiy davlatlarda huquqiy jihatdan himoya qilish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan milliy mahsulotlar va brendlarni xorijiy vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 100 foizgacha qoplab beriladi.
Quyidagi xarajatlar qoplanishi mumkin:
-tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish, amal qilish muddatini uzaytirish, hududiy qamrovini kengaytirish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari;
-huquqiy va maslahat xizmatlari;
-hujjatlarni tarjima qilish va rasmiylashtirish;
-tovar belgilari va brendlarga oid hujjatlar hamda namunalarni xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish bilan bog‘liq pochta va logistika xarajatlari.Qoplash miqdori — xarajatlarning 100 foizigacha, biroq bir tadbirkorlik subyekti uchun bir kalendar yilida 20 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda.
Ushbu imkoniyat tadbirkorlarga o‘z brendlarini xorijiy bozorlarda huquqiy jihatdan himoya qilish, eksport faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.
-
Farg‘ona vodiysi tinchlik umumiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar yaratadigan makonga aylanishi lozim
2026-09-29 214Xo‘jandda “Farg‘ona vodiysi: tinchlik, ishonch va farovonlik makoni” mavzusida ikkinchi Farg‘ona tinchlik forumi bo‘lib o‘tmoqda
-
Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Olimpiya chempionlari bilan uchrashdi
2026-09-29 221Davlatimiz rahbari shaxmatchilarni Samarqand Olimpiadasidagi g‘alabasi bilan tabriklab, jamoaning tarixiy oltin medaliga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
-
Минскда МДҲ Доимий вакиллари кенгашининг йиғилиши бўлиб ўтди
2026-09-29 278Tadbirda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev va Belarus Aloqa vaziri Kirill Zaleskiy ishtirokida “MDH tashkil etilganining 35-yilligi”ga bag‘ishlangan badiiy konvert va markani rasmiy tamg‘alash marosimi o‘tkazildi
-
O‘zbekiston va Belarus parlament rahbarlari Xivada uchrashdi
2026-09-29 192Xiva shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlanib, mamlakatlar suverenitetini himoya qilish, an’anaviy qadriyatlarni asrash va milliy iqtisodiyotni mustahkamlash ustuvor vazifalar etib belgilandi. Muzokaralarda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini to‘liq ta’minlashga kelishib olindi.