-
O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari OHICHKda ishtirok etadi
2026-09-25 242O‘zbekiston eksportini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ishonchli logistika, kapitalga kirish imkoniyati hamda xorijiy bozorlarda barqaror va prognoz qilinadigan shart-sharoitlarni talab etadi.
-
O‘zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashi a’zoligiga da’vogar
2026-09-24 280Saida Mirziyoyeva 2035−2036-yillarga BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga O‘zbekiston nomzodi ko‘rsatilganini e’lon qildi
-
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida temir yo‘l transporti hamda transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
2026-09-24 281Belarus temir yo‘li boshlig‘i Valeriy Verenich bilan uchrashildi. Tomonlar hamkorlikda olib borilayotgan loyihalarning joriy holatini muhokama qildi hamda yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qushma sanoat loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
-
Saida Mirziyoyeva BlackRock bilan TXMMni ishga tushirish masalasini muhokama qildi
2026-09-24 200Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BlackRock rahbariyati bilan Toshkent xalqaro moliya markazini 2027 yilda ishga tushirishni muhokama qildi.
-
Belarus Jurnalistlar yushmasi azolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2026-09-24 289Belarus Jurnalistlar yushmasi azolari - “Minsk-yangiliklari”, MTRK “MIR”, “BELTA” va “STV” kabi tashkilot jamoat akhborot rahbariyati bilan “davra suhbati” bulib o'tdi.
Dustona ruhda o'tgan muloqotda ikki mamlakat media so'zidagi alokalarni mustakamlash, hisoblash transformation, sokhta akhborotlarga qarshi kurashish va media savodhonlikni sozlash masalalari muxokama qilish. Birgalikda kerakli axborotlarni tark etib borishga kelishildi.
Tadbir doirasida Qudratilla Rafiqovning “Millat Shavkati” asari takdim kilindi. Ushbu asar ishtirokchilarda katta qizikish uyg'otdi va ikki xalq o'rtasidagi madaniy-marifiy aloqalarni yangi boskichga ko'tarishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan takidlandi. -
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2026-09-24 272Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim – dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
-
O‘zbekiston uchun yangi investitsiya eshiklari ochilmoqda
2026-09-23 268O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHga tashrifi doirasida AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashdi
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi
2026-09-23 303Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. -
Minskda O‘zbekiston–Belarus to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi
2026-09-23 292Minsk shahrida ikki mamlakat yetakchi ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmon doiralari ishtirokida yirik to‘qimachilik va tekstil sanoati forumi hamda B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning yuqori sifatli tekstil mahsulotlarini Yevropa va MDH bozorlariga eksport qilish hajmini oshirish hamda ikki tomonlama kooperatsiyani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
-
BDPU va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2026-09-23 284Belarus davlat pedagogika universitetida (BDPU) rektor Aleksandr Ivanovich Juk bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan 2017-yildan buyon rivojlanib kelayotgan samarali hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi. Ikki tomonlama munosabatlarning uzviy davomi sifatida, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, Jizzax, Samarqand, Namangan davlat pedagogika institutlari hamda Navoiy davlat universiteti bilan yangi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul yo‘lga qo‘yildi.
Istiqbolda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini kengaytirish, talabalar va o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, shuningdek, inklyuziv ta’lim, psixologiya va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, O‘zbek madaniyati markazi orqali gumanitar aloqalarni mustahkamlash va BDPU negizida o‘zbekistonlik pedagog kadrlar uchun stajirovkalarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘zaro tajriba almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan.