-
Xalqaro diplomatiya va biznes: O‘zbekiston va Turkiyaning Belarusdagi elchilari iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
2026-09-18 280Belarus Respublikasida diplomatik va iqtisodiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va yuqori darajadagi konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralarda asosiy e’tibor ikki qardosh davlatning Belarusdagi savdo-iqtisodiy ishtirokini kengaytirish va qo‘shma biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
-
Qoraqalpog‘istonda $7,6 mlrdlik loyihalar ishga tushirildi
2026-09-18 278Qoraqalpog‘istonda 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi va 7 milliard dollarlik yana 47 ta loyiha qurilishi boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi doirasida obyektlarni ishga tushirish va qurilish ishlarini boshlash marosimida ishtirok etdi.
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlik va investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaxshilandi. Respublikaning yalpi hududiy mahsuloti 2016-yildagi 8,5 trillion so‘mdan 2026-yil boshiga kelib 54 trillion so‘mdan oshdi. Xususiy sektorning ishlab chiqarishdagi ulushi 66 foizga yetdi, faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2,5 barobarga oshib, 26,5 mingtaga yetdi.
To‘qqiz yil ichida yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish uchun viloyatga 5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritildi. 2026-yil oxirigacha xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Xorijiy va qo‘shma korxonalar soni 2018-yilga nisbatan 2,2 barobar ko‘payib, 271 taga yetdi.
-
Negotiations were held in Tokyo with the President of the Japan International Cooperation Agency (JICA), Akihiko Tanaka. An exchange of views took place on accelerating projects within the framework of the Cooperation Program until 2030, expanding cooperation in healthcare, supporting the private sector, and education. 2026-yil 17-18 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyurdi
2026-09-18 252Tashrif doirasida TIV rahbari Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim o‘rni qayd etildi.
Shuningdek, Yaponiyaning neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan “JOGMEC” korporatsiyasi raisi va bosh ijrochi direktori Ichiro Takahara bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralarda O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlari sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralar o‘tkazildi. Unda 2030-yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
-
MDH Iqtisodiy sudi raisi German Nurbayev bilan tanishuv uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-09-18 282MDH Iqtisodiy sudi raisi German Nurbayev bilan tanishuv uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Veloche” MCHJ rahbariyati bilan istiqbolli rejalar belgilab olindi
2026-09-18 269“Veloche” MCHJ rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida amaldagi hamkorlik holati ko‘rib chiqilib, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish masalalari kelishildi.
-
Sanoat kooperatsiyasi va yangi istiqbollar
2026-09-17 239“Maxsustemirbeton” OAJ direktori Anatoliy Naseney hamda “Yanstrong” kompaniyasi direktori Dmitriy Voronsov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘ldi
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi
2026-09-16 319Go‘zal Seul shahrida yana bir bor bo‘lib turganimdan g‘oyat mamnunman. Ushbu megapolisga tashrif buyurar ekanman, uning jadal taraqqiyoti va betakror qiyofasi meni har safar hayratga soladi.
-
Ўзбекистонга наслли чорва молларини экспорт қилиш бўйича янги режалар белгиланди
2026-09-16 290"Белплемживобъединение" давлат уюшмаси Бош директори Руслан Березовик билан бўлиб ўтган учрашувда Ўзбекистонга наслли чорва молларини экспорт қилиш ҳажмини ошириш ва соҳада ҳамкорликни кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
2026-09-15 296Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;
Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;
Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.
-
O‘zbekiston – Koreya biznes forumi
2026-09-15 209Forum doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniya va moliya institutlari bilan qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida Kimyo texnologiyalari markazi faoliyat boshladi, Jizzax viloyatida "Kia Sonet Prime" avtomobili va avtomobil kuzovi panellari, Farg‘ona viloyatida elektrotexnika mahsulotlari, Namangan viloyatida polimer buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent shahrida Milliy onkologiya markazi, tibbiyot oliy ta’lim muassasasi, robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilishi boshlandi.