SEARCHED FOR:
SHAVKAT MIRZIYOYEV
-
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv (https://president.uz/oz/lists/view/9718) oʻtkazdi.
2026-10-14 238Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqining asosiy jihatlari:
2026-10-09 189"Biz uchun Hamdo‘stlikka raislik, eng avvalo, umumiy ishlarga hissa qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish va bugun haqiqatan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda ilgari surish imkoniyatini anglatadi";
O‘zbekiston kelgusi yilda iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;
Raislik konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha ishlar yakuniga yetmoqda. Ularda allaqachon yuzdan ortiq aniq tadbirlar ko‘zda tutilgan;
Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Har qanday masalani muhokama qilish, barchani qoniqtiradigan yechimlarni topish imkoniyatini saqlab qolish juda muhimligi ta’kidlandi;
Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etilmoqda. Ushbu salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natija beradi;
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoga hali ham to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega;
Biznesda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi qayd etildi;
Yaqin yillarda iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi bog‘liq bo‘lgan sohalarda - muhim foydali qazilmalar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari bo‘yicha birgalikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.
Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish va qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi;
O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘ini MDH makonida va undan tashqarida umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylantirishdan manfaatdor;
Xavfsizlik va barqarorlik O‘zbekiston raisligi davrida asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning tegishli organlari faoliyati va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlanadi;
Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor va mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab qiladi;
Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarishlar, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun sharoit yaratish muhimligi qayd etildi;
"Biz raislikdan allaqachon o‘z samaradorligini isbotlagan barcha narsalarni saqlab qolish va ayni paytda bugungi kunda yangi yechimlar zarur bo‘lgan yo‘nalishlarga qo‘shimcha turtki berish uchun foydalanish niyatidamiz."
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqining asosiy jihatlari:
2026-10-09 217"Biz uchun Hamdo‘stlikka raislik, eng avvalo, umumiy ishlarga hissa qo‘shish, yangi g‘oyalarni taklif etish va bugun haqiqatan ham muhim bo‘lgan yo‘nalishlarni birgalikda ilgari surish imkoniyatini anglatadi";
O‘zbekiston kelgusi yilda iqtisodiyot, yangi texnologiyalar, transport, xavfsizlik, ta’lim, ilm-fan va inson kapitalini rivojlantirish masalalarini e’tibor markaziga qo‘yish niyatida;
Raislik konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha ishlar yakuniga yetmoqda. Ularda allaqachon yuzdan ortiq aniq tadbirlar ko‘zda tutilgan;
Hamdo‘stlik doirasidagi siyosiy muloqotga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi. Har qanday masalani muhokama qilish, barchani qoniqtiradigan yechimlarni topish imkoniyatini saqlab qolish juda muhimligi ta’kidlandi;
Iqtisodiyotda asosiy e’tiborni sanoat kooperatsiyasiga qaratish taklif etilmoqda. Ushbu salohiyatlarni birlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natija beradi;
Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoga hali ham to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega;
Biznesda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish muhimligi qayd etildi;
Yaqin yillarda iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi bog‘liq bo‘lgan sohalarda - muhim foydali qazilmalar, sun’iy intellekt, robotlashtirish, yangi materiallar va zamonaviy energetika texnologiyalari bo‘yicha birgalikda ishlash zarurligi ta’kidlandi.
Tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish va qulay, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan yo‘nalishlarni yaratish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi;
O‘zbekiston Markaziy Osiyo transport tarmog‘ini MDH makonida va undan tashqarida umumiy aloqalar tizimining muhim qismiga aylantirishdan manfaatdor;
Xavfsizlik va barqarorlik O‘zbekiston raisligi davrida asosiy masalalardan biri bo‘lib qoladi. MDHning tegishli organlari faoliyati va mamlakatlarning umumiy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlanadi;
Kiberjinoyatchilik doimiy e’tibor va mamlakatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni talab qiladi;
Mamlakatlarning inson va intellektual salohiyati zamonaviy ishlab chiqarishlar, innovatsiyalar va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun sharoit yaratish muhimligi qayd etildi;
"Biz raislikdan allaqachon o‘z samaradorligini isbotlagan barcha narsalarni saqlab qolish va ayni paytda bugungi kunda yangi yechimlar zarur bo‘lgan yo‘nalishlarga qo‘shimcha turtki berish uchun foydalanish niyatidamiz."
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning MDH davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisidagi nutqidan asosiy fikrlar:
2026-10-09 222“Hamdo‘stlikning 35 yillik davrida ko‘p narsalar o‘zgardi, ammo eng asosiy masala o‘zgarmasdan qoldi: mamlakatlarni yaqin insoniy munosabatlar, umumiy tarix va hamkorlikning ulkan salohiyati bog‘lab kelmoqda”;
“Dunyo tubdan o‘zgarmoqda, ziddiyatlar ortib, odatiy iqtisodiy aloqalar qayta qurilmoqda. Bunday vaziyatda ishonchni mustahkamlash, pozitsiyalarni tez-tez uyg‘unlashtirib borish va kelishuvlarning real natija berishiga erishish ayniqsa muhimdir”;
Davlatlarning umumiy salohiyatidan to‘liq foydalanish va savdo-investitsiya sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi;
Tovar ayirboshlashdan qo‘shilgan qiymatning to‘liq zanjirlarini birgalikda yaratishga bosqichma-bosqich o‘tish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
Erkin savdo zonasining cheklovlarsiz to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash zarurligiga urg‘u berildi;
Texnik to‘siqlarni bartaraf etish, muvofiqlik sertifikatlari o‘zaro tan olinishini ta’minlash va davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha davlat xaridlari sohasida o‘zaro bozor ochishni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik dasturi tez fursatlarda kelishib olinishi va tasdiqlanishiga umid bildirildi;
Oziq-ovqat va o‘g‘itlar eksportiga cheklovlar kiritishdan oldin o‘zaro xabardor qilish va maslahatlashish mexanizmini joriy etish taklif qilindi;
Integratsiyalashgan logistika markazlarini tashkil etish, tranzit xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, yuk tashish qoidalarini birxillashtirish hamda MDHda yagona transport axborot tizimini shakllantirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi;
Turkmaniston tomonining 2029-yilni Hamdo‘stlikning transport bog‘liqligi yili deb e’lon qilish haqidagi tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi;
Mintaqaning energetik jihatdan bog‘liqligini yaqin o‘n yilliklarda rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli prognoz zarurligi qayd etildi;
Kam uglerodli texnologiyalarni jadal joriy etish va yopiq sikldagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun MDHning resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot sohasida hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish taklif qilindi;
Davlatlararo gumanitar hamkorlik jamg‘armasi formatini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjudligi bildirildi;
“Madaniy siyosat va kreativ industriyalar” forumini tashkil etish taklif qilindi;
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDH Qo‘shma aloqa markazini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirish taklifi bildirildi. -
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. (https://president.uz/oz/lists/view/9697)
2026-10-08 187O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (https://president.uz/oz/lists/view/9697) Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.
-
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
2026-10-07 189Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov bilan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
-
Shavkat Mirziyoyev 2-oktyabr kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenni qabul qildi.
2026-10-03 230Oʻzbekiston—Daniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlik sezilarli darajada faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻtgan yili Daniyaga Oʻzbekistonning qarorgohi Stokgolm shahrida boʻlgan ilk elchisi tayinlandi. Joriy yilda Daniya Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakilini tayinladi.
Soʻnggi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb besh barobar oshdi. Daniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida Oʻzbekistonda togʻ-kon, kimyo va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, suv taʼminoti hamda boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, Daniya investitsiyalari, ilgʻor texnologiyalari va nou-xaularini energetika, farmatsevtika, transport va logistika, agrosanoat majmui hamda boshqa istiqbolli yoʻnalishlarga jalb etish muhimligi taʼkidlandi.
Taʼlim, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni tizimli ravishda kengaytirish uchun institutsional va shartnomaviy-huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati
2026-09-30 279Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga murojaati (https://dunyo.info/uz)
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-09-30 224Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashuv o‘tkazdi (https://president.uz/oz/lists/view/9678) hamda ta’lim sohasiga oid yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbirda tantanali ravishda davlat mukofotlari topshirildi.
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2026-09-24 252Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.
– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim – dedi davlatimiz rahbari.
Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.
So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.