O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi qoshidagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi delegatsiyasining tashrifi to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi qoshidagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi delegatsiyasining tashrifi to'g'risida
2021 yil 6-12 iyul kunlari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi "Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi" vakillari Belorussiyaga amaliy tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad - bog'chalarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga qaratilgan "Ishlab chiqarish - logistika kompleksini barpo etish" loyihasi doirasida Belarus tomoni bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi Belarus tajribasi bilan tanishish.
O'zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Mogilev viloyati ijroiya qo'mitasi, "Babruyk go'sht kombinati", "Babushkina Krinka", "Minsk shahar maktab oziq-ovqati kombinati" korxonalari bilan bir qator uchrashuvlar o'tkazdi, hamda bolalar bog'chalari faoliyati bilan tanishdi.
Minsk shahar maktab oziq-ovqati kombinatda belarus tomoni kombinat faoliyati, uning tuzilishi va ta'lim muassasalari, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilari bilan ishni tashkil etilgani bo'yicha taqdimot o'tkazdi.
Ushbu uchrashuvda O'zbekistonda bolalar bog'chalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kompleks ta'minlashni tashkil etish sohasida hamkorlik o'rnatish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar kadrlarni tanlash va tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda tanlov (tender) savdolarini o'tkazish tartib-taomillari va boshqalar yuzasidan fikr almashdilar.
Tashrif dasturida boshqa manfaatdor belarus korxona va kompaniyalari bilan ham tanishish va uchrashuvlar ko'zda tutilgan.