2021 yil 3 dekabr kuni O'zbekistonning Belarusdagi elchixonasi vakillari Belarus Ikkinchi jahon urushi davlat muzeyida Moskva ostonasidagi janglarda qarshi hujum boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Tadbirda parlament, vazirlik va idoralar, diplomatiya korpusi, akademik muassasalar, ekspert doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Maʼruzachilar Moskva ostonasidagi janglarda erishilgan yutuqning Ikkinchi jahon urushidagi keyingi muvaffaqiyatli qadamlarda tutgan muhim ahamiyati to‘g‘risida mulohaza yuritib, buyuk g‘alabada qardosh xalqlar, jumladan, o‘zbekistonliklarning munosib hissasiga alohida to‘xtaldi.