Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 3-yig‘ilishi o‘tkaziladi

O'zbekiston ellchixonasi tashabbusi bilan Belarus qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Igor Brilo bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yilning o‘tgan davrida qishloq xo‘jaligi va oziq ovqat mahsulotlari savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga o‘sganligi va bu borada yana qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud ekanligi alohida taʼkidlandi. Mazkur jabhada ikki tomonlama savdo aloqalarini yana-da kengaytirish, investitsion hamda ilmiy innovatsion hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Tomonlar davlat rahbarlari va hukumat darajasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, xususan, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Belarus Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 9-yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi kesimida tuzilgan bitimlarni amalga oshirish holatini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv natijasida joriy yil noyabr oyida Minsk shahrida O‘zbekiston-Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhning 3-yig‘ilishini o‘tkazish va «ProdEkspo – 2022» 28-Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma-yarmarkasida o‘zbek tadbirkorlarining ishtirokini tashkil etishga kelishib olindi.