1 dekabr. /"Dunyo"АA/. Belorussiyadagi musulmon diniy birlashmasining ilmiy-tadqiqot bo‘limi xodimi Maksata Ovezovning "Abu Xafs Umar ibn An-Nasafiyning e‘tiqodiga ko‘ra din asoslari" mavzusidagi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Belarusiyadagi musulmon diniy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston elchixonasi va ShHTning mamlakatimizdagi xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Kitob taqdimoti bilan bir qatorda Abu Xafs Umar ibn An-Nasofiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "davra suhbati" ham bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus diniy sohasi vakillari, o‘zbekistonlik olimlar, xususan, xalqaro Islom akademiyasi va Imom Moturidi xalqaro tadqiqot markazi mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir o‘zaro muloqot shaklida, iliq va do‘stona muhitda o‘tkazildi. Tomonlar bunday tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etishga, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga kelishib oldilar.