“Ipak yo‘lida turizm”

Joriy yilda Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi TXTY-2023 15-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi – O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi turizm sanoatidagi muhim voqelikdir.
TXTY 1995-yildan buyon BMT Jahon turistik tashkiloti – UNWTO rasmiy ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.
TXTY bugungi kunda turizm mutaxassislari uchun global uchrashuv maydonchasidir. Unda o‘nlab mamlakatlarning sayyohlik imkoniyatlari taqdimotlari, turizm sohasidagi yuzlab mutaxassislarning ishbilarmonlik muzokaralari, xalqaro turizmni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkaziladi.
2 yillik tanaffusdan so‘ng turizm sohasi mutaxassislarining katta va mashaqqatli mehnati natijasida TXTY-2022ning ulkan qaytishi amalga oshirildi. Yangi, gibrid formatda o‘tkazilgan yarmarkada 15 davlatdan 300 dan ortiq soha vakillari qatnashdi.
TXTYning ishbilarmonlik qismida 3 kun davomida panel sessiyalari bilan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. TXTY doirasidagi forumning ma’ruzachilari sifatida turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, TXTY-2022 doirasida sayyohlik tashkilotlari o‘rtasida 20 mingdan ortiq B2B muzokaralari o‘tkazildi va 7 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Yarmarka tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda “Milliy PR-markaz” DUK.
Turizm sohasida faoliyat olib boruvchi turistik kompaniya va tadbirkorlik subyektlari uchun o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirish uchun TXTY-2023da ishtirok etish ajoyib imkoniyatdir.
Markaziy Osiyodagi eng katta turizm tadbiriga qo‘shiling!
Ro‘yxatdan o‘ting: https://titf.uz/uz/