Hurmatli vatandoshlar,
Vatanimiz muhim siyosiy jarayon – referendum arafasida turibdi. Bu tadbir shunchaki ovoz berish emas, balki xalqimiz hayotida yangi sahifa ochishi kutilmoqda. Chunki yangilangan Konstitutsiyada fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilish darajasi bir necha marta oshirilmoqda.
Xalqimiz hayotida yangi sahifa ochadigan muhim siyosiy tadbirga Belarusdagi hamyurtlarimimzni faol ishtirok etishlarini chaqirib qolamiz.
Referendum 2023 yil 30 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20:00 gacha O’zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi elchixonasi binosida (manzil: Minsk shahri, Pokrovskaya, 24) tashil etiladi.