Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “MUSOFIR” xayriya loyihasi xorijda ta’lim olish va/yoki mehnat faoliyatini amalga oshirish davomida turli qiyinchilik, murakkab vaziyatlarga tushib qolgan o‘zbekistonlik talaba va ishchi migrantlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari xorijiy mamlakatlarda ta’lim olayotgan hamda mehnat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iboratdir.