Muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar ro'yxati
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2023 yil 15 may kuni arizalarning Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushishi navbatini inobatga olgan holda quyidagi siyosiy partiyalarga joriy yil 9 iyul kuni bo'lib o'tadigan muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ijozat berildi:
1. O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1255-son qarori);
2. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1256-son qarori).
3. O'zbekiston "Adolat" sosial-demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1257-son qarori).
4. O'zbekiston ekologik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1258-son qarori).
5. O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (Markaziy saylov komissiyasining 1259-son qarori).
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun ijozat berish to'g'risidagi qarorlar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati