O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi joriy yilning 26 may kuni Gomel shahrida “Vesna v Gomele” XXIV xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Forum ishtirokchilariga mamlakatimizning investitsiya va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Xususan bugungi kunda investorlar va eksportchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlari, quruq va ho‘l mevalar eksporti hajmlarini oshirish maqsadida milliy mahsulotlarimiz va ularning ishlab chiqaruvchilari to‘g‘risidagi axborot ham yetkazildi.