TOSHKENT, 13-iyun /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
12 iyun kuni Xalq demokratik partiyasidan davlat rahbarligi uchun nomzod Ulug‘bek Inoyatov Samarqand viloyatida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasida, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod Robaxon Maxmudova Surxondaryo viloyatida, Ekologik partiyadan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xamzayev Navoiy viloyatida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvlar chog‘ida nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etmoqda, saylovchilarning savollariga javob bermoqda, ularni saylovda hamda mamlakatning kelgusidagi taqdirini hal etish jarayonida faol qatnashishga chaqirmoqda.