Minskda «Belarus–O'zbekiston» do'stlik jamiyati tashkil etildi

MINSK, 18-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Belarus Xorijiy davlatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalar jamiyati tarkibida «Belarus–O'zbekiston» do'stlik jamiyati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Do'stlik uyida bo'lib o'tgan ta’sis yig'ilishida Belarus va O'zbekiston o'rtasida o'rnatilgan do'stona hamda ishonchli munosabatlar muhimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, aloqalar ko'p yo'nalishlarda rivojlanmoqda. Xalq diplomatiyasi davlatlararo munosabatlarni to'ldiruvchi va davom ettiruvchisi hisoblanadi.
Yig'ilishda Belarus Xorijiy davlatlar bilan do'stlik va madaniy aloqalar jamiyati raisi Nina Ivanova ushbu jamiyatning tashkil etilishi O'zbekiston madaniyati, tarixi va an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini beradigan keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish imkonini berishini ta’kidladi.
«Belarus–O'zbekiston» jamiyati boshqaruvi tarkibiga turli soha vakillari kiritilgani Belarus–O'zbekiston munosabatlarining faol rivojlanishini nazarda tutadi.
«Belarus O'zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan aloqalarida alohida o'rin tutadi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi masofa jug'rofiy jihatdan uzoq bo'lishiga qaramay, O'zbekiston va Belarus hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Ikki do'st mamlakat xalqlarini juda yaqin va umumiy jihatlar bog'lab turadi», - dedi yig'ilishda O'zbekistonning muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov.