Belarusdan qutlovlar

Belarus universitetlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar O'zbekiston Davlat bayrog'i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan o'z tabriklarini yo'llashdi
Belarus Informatika va radioelektronika davlat universitetining 4-bosqich talabasi Nizom Norqulov:
- Davlat ramzlari har bir mamlakat mustaqilligining ramzi, xalqning shon-shuhrati, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etgan, tinch va osoyishta, erkin va baxtli hayotga, porloq kelajakka bo'lgan ishonchni ifodalovchi qadriyatlar hisoblanadi.
Barcha yurtdoshlarimni ushbu muhim bayram bilan tabriklar ekanman, ularga O'zbekistondek mamlakat fuqarosi bo'lishdek sharafni doimo ardoqlashlariga maslakdosh va tilakdoshman!
Belarus Milliy texnika universitetining 4-bosqich talabasi Lobar Abdurahmonova:
- Bugun bayrog'imiz xalqaro maydonda mustaqil Vatanimizni munosib ravishda namoyon etmoqda.
Barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganining 32 yilligi bilan tabriklayman! Barcha o'zbekistonliklarga tinchlik va farovonlik, Vatanimizga bardavom ravnaq va taraqqiyot tilayman!
Muborak Vatanimizning shon-sharafi yuksalaversin, davlatimiz bayrog'imiz butun dunyo mamlakatlarida hamisha baland va mag'rur hilpirab tursin!