O'zbek rejissyorining filmi Minsk kinofestivalida mukofotga sazovor bo'ldi

XXIX Minsk xalqaro «Лістапад» kinofestivalida o'zbek rejissyorlarining filmlari namoyish etildi.
Tashkilotchilarning ma’lumotiga ko'ra, bu yil festivalga 107 davlatdan 2087 ta ariza topshirildi. Eng ko'p arizalar Rossiya, Eron, Hindiston, Braziliya va Xitoy tomonidan taqdim etilgan.
Festival doirasida O'zbek kinosi kuni, tashkil qilinib, “Evrilish” b/f taqdimoti o‘tkazildi va unda Belarus rasmiy idoralar, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, keng jamoatchilik va mahalliy aholi ishtirok etdi. Namoyishdan so‘ng tashrif buyurganlar uchun o‘zbek milliy taomlardan iborat dasturxon yozildi va O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid maʼlumotlar taqdim qilindi.
Mehmonlar zamonaviy O‘zbekiston so‘nggi yillarda har jabhada jadal suratda rivojlanayotgani va bu jarayonda davlatimiz Rahbari Sh.M. Mirziyoyev yuritayotgan faol ichki va tashqi siyosati natijasi ekanligini tan olishdi. Yangi O‘zbekistonda barcha yo‘nalishlar qatori kinematografiya sohasini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratilayotgani, uning zamonaviy infratuzilmasi va mustahkam moddiy-texnik bazasi yaratilayotgani alohida taʼkidlandi.
O'zbekistonlik kinorejissyor Yolqin To'ychiyevning «Evrilish» filmi MDH Ijroiya qo'mitasining «Chegarasiz kino» maxsus mukofotiga sazovor bo'ldi.
Taqdirlash marosimida so'zga chiqqan MDH bosh kotibi o'rinbosari Leonid Anfimov «Evrilish» filmi hayotiy sharoit va sinovlardan qat’iy nazar, insonparvarlik, mehr-shafqat, do'stlik tuyg'usi, muhabbatni asrab-avaylash muhimligini tomoshabinga eslatishini ta’kidladi.