O'zbekistonning Minskdagi elchixonasi maslahatchisi Raxmatilla Nazarov Belarus milliy texnika universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda, "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilariga yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati, O'zbekiston va Belarus o'rtasidagi aloqalarning holati, qo'shma ta'lim dasturlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, chet el, xususan O'zbekiston fuqarolarining Belarusda bo'lish tartibi, amaldagi qonunchilikka qat'iy rioya etish lozimligi hamda bayram oqshomlarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarurligi ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston elchixonasi nomidan faol talabalarga diplom va sovg'alar taqdim etildi.