TOSHKENT, 28-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik telefon orqali muloqot chog'ida 2024-yilga rejalashtirilgan tadbirlar jadvalini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
«Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. - Suhbatimiz chog'ida 2023-yilda erishilgan natijalarni sarhisob etib, tobora kengayib borayotgan hamkorligimiz kun tartibi hamda 2024-yilga rejalashtirilgan muloqotlar jadvali yuzasidan fikr almashdik».
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Belarus TIV rahbarlari 12-oktyabr kuni Bishkek shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilgan edilar.
TIV matbuot xizmati arxividan olingan surat