Minsk shahrida O'zbekiston diplomatlari Belarus qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat vaziri Sergey Bartosh bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining o'zaro savdosini yanada oshirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lum qilinishicha, 5-9-fevral kunlari Sergey Bartosh boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyuradi.
Muloqot chog'ida tomonlar O'zbekistonda bo'lajak muzokaralar dasturi va kun tartibini muhokama qildilar.