Belarus Prezidenti huzuridagi Boshqaruv akademiyasida voleybol bo'yicha "Akademiya kubogi" turniri o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Sog'lom turmush tarzi va ommaviy sportni keng targ'ib qilish maqsadida o'tkazilgan musobaqada Minskda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari qatnashdi.
Turnirda O'zbekiston elchixonasi vakillari va vakolatxona konsullik hisobida turuvchi vatandoshlardan tuzilgan jamoa ham qatnashdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov so'zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi va mamlakatimizda sport sohasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor hamda atletlarimizning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlarini qayd etdi.
"Akademiya kubogi" turniri yakunida O'zbekiston jamoasi faxrli 3-o'rinni egalladi.