TOSHKENT. /"Dunyo" AA/. 19-may – 23-iyun kunlari Namanganda 63-Xalqaro gullar festivali bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Uzbektourism.uz" ma'lumotiga ko'ra, an'anaga binoan, festivalning tantanali ochilish marosimi mahalliy gulchilar tomonidan turli xil gullar bilan bezatilgan avtomobillarning keng qamrovli paradi bilan boshlanadi.
Bundan tashqari, festival dasturidan betakror gul dizaynlari va maftunkor ko'rgazmalar, turli ko'ngilochar tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, hamda g'oliblarni taqdirlash marosimlari o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, 62-Xalqaro gullar festivali 2023-yilning 21-may - 21-iyun kunlari bo'lib o'tgan edi. Namangandagi gullar bayrami 1961-yildan buyon o'tkazib kelinadi va u har bir o'zbekistonlik uchun mavjud o'simliklarning rang-barangligi va gul madaniyatini aks ettiruvchi ulug'vor tadbirdir.