O'zbekiston delegatsiyasi MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha davlatlararo kengashining navbatdagi yig'ilishida qatnashdi

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi xizmat safari bilan Minsk shahriga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Safar davomida O'zbekiston delegatsiyasi Belarus Davlat standartlashtirish qo'mitasi, Belarus davlat metrologiya instituti rahbariyati uchrashuvlar o'tkazdi. Ularda ikki mamlakatning laboratoriyalararo hamkorligini o'rnatish, milliy standartlarni taqqoslash ishlarini birgalikda o'tkazish, o'lchov turlarini hisoblash va bu yo'nalishda mutaxassislarning malakasini oshirish va boshqa sohaga oid masalalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida O'zbekiston delegatsiyasi MDH Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha davlatlararo kengashining 65-yig'ilishida qatnashda.
Tadbirda ushbu tashkilotning ishtirokchi davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish, o'zaro standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiyalash va boshqa yo'nalishlardagi Bitimlar loyihalari muhokama qilindi.
O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov, yig'ish doirasida Ozarbayjon standartlashtirish instituti direktori Ilxom Bayramov, Ozarbayjon akkreditatsiya markazi direktori Emin Zeynalov, Ozarbayjon metrologiya instituti direktori Ravshan Aliyev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Tomonlar texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya bo'yicha uzoq muddatli sheriklik mexanizmni yaratish, qo'mitalar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo'yicha hamda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi doirasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdilar.