"Belarus Respublikasidan ajoyib xushxabar oldik. Vitebskda o‘tkazilayotgan “Slavyan bozori” xalqaro san’at festivali doirasida tashkil etilgan Xalqaro bolalar musiqa tanlovida Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Yasmina Husniddinova Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Mukofotni xalqaro san’at festivalining tantanali ochilish marosimida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan Yasminaning yaqinlari, ustozlari hamda Toshkent shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasini samimiy tabriklayman.
Bu mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiliklarida ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin natijasi, totli mevasidir. Yurtimizda Yasmina kabi iqtidorlar juda ko‘p. O‘ylaymizki, ular ham yaxshi ilm olib, ustozlar o‘gitiga amal qilib, xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovlarda Vatanimiz nomini ulug‘lashga munosib hissa qo‘shadilar.
Yasminaga esa o‘qishda va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.
Barakalla, Yasmina!"
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov