Dzyudochi 52 kilogramm vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritib, Parijdagi Olimpiya o'yinlarining birinchi oltin medalini O'zbekistonga keltirdi, deb ta'kidlangan Rossiyaning РБК mediaxoldingi saytida joylashtirilgan materialda."1/8 finalda o'zbekistonlik sportchi 2019-yildan beri mag'lub bo'lmagan "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi va to'rt karra jahon chempioni Uta Abeni mag'lub etdi", — deyiladi maqolada. Rossiyaning "Советский спорт" gazetasi ushbu mavzuda bosilgan maqolada yozilganidek, final bahsida Diyora Keldiyorova 2020-yilda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 48 kilogramm vazn toifasida chempion bo'lgan, kosovolik Distriya Krasnichidan ustun keldi. RT telekanali ham o'zbekistonlik sportchining mazkur g'alabasi haqidagi xabarlarni muntazam efirga uzatmoqda. Ularda, Diyora Keldiyorova ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2022) va jahon chempionatining ikki karra kumush medali sohibi (2023, 2024) ekanligi ma'lum qilingan.