Safar davomida Xatirchi tumani hokimi Gomel viloyati Gomel tumani ijroiya qo'mitasi raisi Dmitriy Kozel bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya, shuningdek, "Gomelagrokomplekt" OAJ, "Znamya rodini" OAJ, "Gomelskaya ptitsefabrika" OAJ, "Ptitsefabrika Rassvet" OAJ, "Gomelskiy myasokombinat" OAJ va "Milkavita" OAJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mazkur korxonalar rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha samarali muzokaralar o'tkazildi.
Tashrif yakunlari bo'yicha Xatirchi tumanida chorvachilikni rivojlantirish, sut va go'sht mahsulotlarini qayta ishlashda Gomel tumani korxonalari bilan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish to'g'risida kelishuvga erishildi.