O'zbekiston Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va "MAZ" kompaniyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan mamlakatimiz fuqarolari mazkur zavodda faoliyat olib bormoqda.
Tadbirda vatandoshlarimizga tashqi migratsiya sohasida bo'layotgan o'zgarishlar, xorijda ishlayotgan fuqarolarimizga qaratilayotgan e'tibor va ularga yaratilayotgan qulayliklar to'g'risida ma'lumot berildi. Belarusda bo'lish tartibi, amaldagi qonunchilikka qat'iy rioya qilish to'g'risida tavsiflar bildirildi.
Joriy yilning 27-oktyabr kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo'lib o'tishi ma'lum qilindi.
Uchrashuv so'nggida vatandoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob oldilar.