"Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o'tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida MDH bosh kotibining o'rinbosari, O'zbekiston diplomati Ilhom To'ychiyevich Ne'matovni Rossiya Federatsiyasining "Drujba" ("Do'stlik") ordeni bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, – deb yozdi davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram-kanalida. – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ilhom Ne'matovning MDHni rivojlantirishdagi xizmatlarini, O'zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyati davomida mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo'shgan katta hissasini qayd etib, mukofotni topshirdi".
Eslatib o'tamiz, Ilhom Ne'matov 2021-yilning 1-yanvarida MDH bosh kotibi o'rinbosari etib tayinlangan edi. Unga qadar Hindiston, Rossiya va AQShdagi elchi, TIVning maxsus topshiriqlar bo'yicha elchisi, O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari, birinchi o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.