Belarus poytaxtida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonning Minsk shahridagi elchixonasi huzuridagi 7-sonli saylov uchastkasida amaldagi qonunchilikka muvofiq joriy yilning 16-oktabridan buyon muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Unda saylov kuni ovoz berish imkoniga ega bo'lmagan O'zbekiston fuqarolari ushbu imkoniyatdan foydalanmoqda.
Belarus hududida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 23-oktabrga qadar davom etadi.