Bugun Minsk shahrida mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da (Toshkentda soat 10.00) davlatimiz madhiyasi sadolari ostida O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga start berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Elchixona huzurida tashkil etilgan 7-saylov uchastkasida saylov jarayonlari juda qizg'in tus olgan. Belarusda bo'lib turgan yurtdoshlarimiz konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, o'zlari munosib ko'rgan partiyaga ovoz beryaptilar.
Avval tashkil etilgan saylovoldi tadbirlari davomida O'zbekistonda bo'lib o'tayotgan muhim siyosiy jarayonning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lidagi muhim bosqich ekanligi, saylovning yanada samarali, shaffof va inklyuziv o'tishini ta'minlash maqsadida milliy saylov tizimiga kiritilgan o'zgartirish haqidagi muhim ma'lumotlar vatandoshlarimizga yetkazilgan etilgan etildi.