Unda belorus ijodiy hamjamiyati vakillari, oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talabalar hamda vatandosh yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan "O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi O'zbekiston qonuniga ko'ra yurtimizda 2020-yildan boshlab butun mamlakat bo'ylab ona tilimiz bayrami keng nishonlanib kelayotgani, ona tilimiz – o'zbek tilining nufuzini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritildi.
Belarus Yozuvchilar uyushmasi vakili ikki mamlakat adabiyotshunoslarining hamkorligi samarali yo'lga qo'yilganligini va bu xalqlarimizni bir-biriga yanada yaqin bo'lishi, ular o'rtasida do'stlik, o'zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda ulkan hissa qo'shayotganini qayd etdi.
O'zbek adabiyotining yirik namoyondalari hayoti va ijodi haqida fikr almashildi. Ishtirokchi talabalar esa o'zbek adiblarining she'r va g'azallaridan o'qib berishdi.