Belarus davlat pedagogika universitetida O'zbek madaniyati markazi tashkil etildi

Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida O'zbek madaniyati markazi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Markazning ochilishiga bag'ishlagan tadbirda Belarus davlat pedagogika universiteti rektori Aleksandr Juk va o'quv ishlari bo'yicha prorektori Aleksandr Makovchik, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori Ma'rufjon Sharipov va O'zbek-Belarus qo'shma innovatsion pedagogika fakulteti dekani Omilxon Ismoilov, Belarusda istiqomat qilayotgan va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar barcha yo'nalishlarda jadal rivojlanayotgani, ikki ta'lim muassasasi olti yil davomida samarali hamkorlik qilib kelayotgani ta'kidlandi. Markazning ochilishi esa, qardosh davlatlar o'rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni kengaytirish uchun yana bir imkoniyat yaratgani, ushbu dargohda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilishini rejalashtirilgani qayd etildi.
O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovning markaz ochilishi munosabati bilan tabrigi anjuman ishtirokchilari e'tiboriga o'qib berildi. Shuningdek, markazni tashkil qilishda o'z hissasini qo'shgan faollar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Tadbirning madaniy qismida o'zbek milliy raqs namoyish etildi va o'zbek shoirlarining she'rlaridan o'qib berildi.