Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasining Belarusga ishchi tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tashrif davomida Belarus davlat standartizatsiya qo'mitasi va Minsk ijroiya qo'mitasi mas'ullari hamda ushbu mamlakatning yetakchi korxonalari bilan texnik to'siqlarni bartaraf etish va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar chog'ida tomonlar o'rtasida mavjud bo'lgan texnik to'siqlar va ularni bartaraf etish mexanizmlari, standartizatsiya va metrologiya, maxsus laboratoriyalarni akkreditatsiyasiga bog'liq masalalar, korxonalarning eksport-importni jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar ko'rib chiqildi.
Uchrashuvlar yakunida O'zbekiston standartlar instituti va Belarus Davlat standartlashtirish va sertifikatsiya instituti, O'zbekiston milliy metrologiya instituti va Belarus davlat metrologiya instituti o'rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.