O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Belarusning yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Aleksandr Ogorodnikov janoblarini Belarus Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Tashqi ishlar vazirligida Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning ustuvor yo'nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, Belarus sanoat vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan Aleksandr Ogorodnikov 2018-2025-yillarda ushbu mamlakatning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Leonid Marinich o'rniga tayinlandi.