Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma'naviy merosi insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat timsoli

Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti qoshidagi O'zbek madaniyati markazida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbek xalqining ma'naviy dunyosining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda elchixonasi diplomatlari, mazkur oliy ta'lim muassasasi rahbariyati, o'qituvchi va talabalari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etib, ikki ijodkorning hayoti, faoliyati, ijodiy merosi xususida o'zaro fikr almashishdi.
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi dunyo adabiyoti tarixida juda katta o'rin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot ahliga ko'rsatgan homiyligi jihatidan ham o'xshashi yo'q siymo ekanligini, ular bugun o'zbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, ma'naviy kamolot timsoliga aylanganligini ta'kidladilar.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodidan namunalar o'qib berildi va kuy-qo'shiqlar ijro etildi.