O'zbekiston va Belarus birja savdo operatsiyalarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

O'zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus universal tovar birjasi (BUTB) boshqaruvi raisi Aleksandr Osmolovskiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Unda Belarus birja platformasidagi savdolarga imkon qadar ko'proq o'zbek biznesi vakillarini jalb etish maqsadida birja sohasida 2025-yilda yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Aleksandr Osmolovskiy bugungi kundagi O'zbekiston bilan hamkorlik holatiga yuqori baho berdi. Uning aytishicha, o'zbek tomoni bilan ishlash an'anaviy hamkorlarga nisbatan ancha jadal va byurokratik to'siqlarsiz kechmoqda hamda MDH davlatlari orasida yaxshi natijalarga olib kelmoqda. Shu bilan birga hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud ekanligi bildirildi.
BUTB rahbari, shuningdek,Belarus bozoriga kirish istagidagi O'zbekiston korxonalariga har tomonlama ko'mak ko'rsatishga tayyor ekanligi ma'lum qildi.
Tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmlarini yana-da oshirish maqsadida birja savdolari instrumentidan kengroq foydalanish muhimligini ta'kidladilar.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston ishbilarmon doiralari uchun birja mavzularida qo'shma tadbirlarni o'tkazish o'zaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilandi.