“Hamdo‘stlik bolalari” X xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston kuni nishonlandi

Shu kunlarda Belarus Respublikasida X xalqaro madaniy-maʼrifiy forum — “Hamdo‘stlik bolalari” bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anʼanaviy nufuzli tadbirda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmanistondan 14-17 yoshdagi maktab o‘quvchilari va ularning ustozlari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida qirg‘izistonlik hamkasblari tashabbusi bilan boshlangan "Hamdo‘stlik bolalari" forumi bugungi kunda MDH mamlakatlari yoshlari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladigan yaxshi anʼanaga aylanganini taʼkidladi.
Forum doirasida O‘zbekiston kuni keng nishonlandi. Tadbirda mamlakatimizning boy madaniy merosi, milliy urf-odat va anʼanalari keng jamoatchilikka taqdim etildi.
O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari xalq qo‘shiqlari va raqslarini ijro etdi hamda milliy o‘yinlarni namoyish etilishini tashkil qildi. Shuningdek, forum ishtirokchilari o‘zbek musiqasi va adabiyoti bilan yaqindan tanishish, milliy taomlardan tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.