17-iyul kuni O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlarining birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish bo‘yicha uch tomonlama hadli bitim imzolandi.
“Termiz – Naybobod – Maydanshahr – Logar – Xarlachi” yo‘nalishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos (TIA)ni ishlab chiqish yuzasidan mazkur bitmning imzolanishi, avvalo, loyihaning tezroq amalga oshirilishiga hamda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning yanada chuqurlashishiga xizmat qiladi.