Minsk shahridagi Gorkiy nomidagi istirohat bog'i hududida joylashgan stadionda turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida tashkil etilgan musobaqada Belarus, Rossiya, Belarus U-21, Rossiya U-21 va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etmoqda.
Musobaqaning asosiy bosqichi aylanma tizimda o'tkaziladi va har bir jamoa bir-biri bilan o'ynab chiqadi.
Jadvalda 1 va 2-o'rinlarni egallagan jamoalar 27-iyul kuni finalda to'qnash keladi. Uchinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan jamoalar esa bronza medal uchun kurashni davom ettiradi.