Festivalda O'zbekiston, Rossiya, Venesuela, Hindiston, Qatar, BAA, Falastin, Serbiya, Sudan, Turkiya, Zimbabve kabi mamlakatlarning milliy oshxonalari va ularning madaniyati namoyish etildi.
Tadbirning ochilish marosimida Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov ishtirokchilarni qutladi.
Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan taqdim etilgan o'zbek xalqining boy madaniyati, milliy taomlari, hunarmandchilik mahsulotlari o'rin olgan O'zbekiston stendi tashkilotchilar va mehmonlarda alohida qiziqish uyg'otdi.
Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov O'zbekiston stendiga tashrif buyurdi va mamlakatimiz madaniyati hamda gastronomik salohiyatini yuksak baholadi.
"O'zbekiston milliy taomlarining dovrug'i butun dunyoga yoyilgan. Ushbu festivaldagi ishtirokingiz orqali sizlar yana bir karra mehmonlarni hayratlantira olasizlar, deb o'ylamayman. Do'st o'zbek xalqining betakror taomlari bilan bugungi anjumanimizda ishtirokingiz uchun minnatdorlik bildiraman", – dedi vazir Maksim Rijenkov