
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari AQShga tashrifi davomida mazkur davlat Savdo vazirligi, AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi, AQSh Eksport-import banki, “General Motors International” kompaniyasi rahbarlari, Kongress a’zolari, vatandoshlarimiz hamda nufuzli ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mazkur muloqotlar savdo, investitsiyalar va innovatsiyalardan tortib, “yashil” energetika, ilg‘or ishlab chiqarish va raqamli transformatsiyagacha bo‘lgan barcha muhim sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratdi.
Muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar va bitimlar iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, barqaror o‘sishni rag‘batlantirish va barcha uchun yangi imkoniyatlar yaratishga bo‘lgan umumiy sadoqatimizni ifodalaydi.