
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasining Belarusga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat delegatsiya tashrif doirasida Belarusdagi savdo tarmoqlari va yirik ishlab chiqaruvchilar bilan B2B hamda B2G formatida muzokaralar o‘tkazdi.
Tadbirda Belarusning “Shopriteyl”, “EkoBatata” kompaniyalari, shuningdek, “Dobronom”, “Xit” va “Svetofor” kabi yirik savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi. Belaruslik hamkorlarga Qashqadaryo viloyatining eksport imkoniyatlari namoyish etildi, vohaning sarxil va quritilgan meva-sabzavotlari, to‘qimachilik mahsulotlarini Belarus bozoriga yetkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.