
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Belarus elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida konsullik-huquqiy masalalar, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlik, xususan shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish, qo‘shma o‘quv va madaniy markazlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidlab, muloqotni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.