
Imzolangan hujjatlar doirasida tomonlar o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy tibbiy amaliyotni o‘rganish va joriy etish, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shuningdek, amaliy va nazariy mahorat darslari, o‘quv seminarlari va o‘zaro stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Onkologiya, diagnostika, davolash va boshqa ixtisoslashgan tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashish, klinik holatlarni muhokama qilish va ilg‘or usullarni amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.